Prezident Erdo‘g‘an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi

Prezident Erdo‘g‘an Belgiya poytaxti Bryusselda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi.

1657543
Prezident Erdo‘g‘an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Belgiya poytaxti Bryusselda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi.

Ikki davlat rahbarining NATO sammiti doirasida NATO qarorgohida matbuotga yopiq ravishda  amalga oshirilgan uchrashuvi, qariyb 50 daqiqa davom etdi.

Erdo‘g‘an ortidan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bilan ham uchrashdi.

Prezident Germaniya kansleri Angela Merkel va Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Michotakis bilan ham alohida – alohida uchrashadi.

Turkiya vaqti bilan soat 18:00 da Erdo‘g‘an AQSh Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuv o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv ortidan Erdo‘g‘an matbuot anjumani uyushtiradi.

Erdo‘g‘an kecha ham Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Litva Prezidenti Gitanas Nauseda va Latviya Prezidenti Egils Levits bilan ham alohida – alohida uchrashuv o‘tkazgandi.



Aloqador xabarlar