Faxrettin Altun: “NATOning strategik konsepsiyasini yangilash vaqti keldi”.

Altun, AlJazeera uchun qalamga olgan maqolasida Turkiyaning NATO tarkibiga kirgan 1952 – yildan beri uning ishonchli ittifoqchisi ekanini ta’kidladi.

1657445
Faxrettin Altun: “NATOning strategik konsepsiyasini yangilash vaqti keldi”.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi rahbari Faxrettin Altunning qayd etishicha, so‘nggi o‘n yilda o‘zgargan mintaqaviy xavfsizlik dinamikasi ortidan NATOning strategik konsepsiyasini yangilash vaqti keldi.

Altun, AlJazeera uchun qalamga olgan maqolasida Turkiyaning NATO tarkibiga kirgan 1952 – yildan beri uning ishonchli ittifoqchisi ekanini ta’kidladi.

Turkiyaning umumiy xavfsizlik muammolarini hal qilishda har doim oldingi qatorlarda o‘rin olganiga e’tibor qaratgan Altun, Turkiyaning xavfsizligi va mintaqasidagi tinchlik uchun NATOning voz kechilmas ekanini ta’kidlab,

“So‘nggi o‘n yilda o‘zgargan mintaqaviy xavfsizlik dinamikasi ortidan NATOning strategik konsepsiyasini yangilash vaqti keldi”. – dedi.

Yangi konsepsiyaning Covid – 19 pandemiyasidan tashqari so‘nggi yillarda jadal ravishda o‘zgarib borayotgan mintaqaviy va global dinamikalar orasida milliy ustuvorliklarni ittifoqning ustuvor yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirish zarurligini ham qabul qilishi kerakligini belgilab o‘tgan Altun:

“Terrorizmning har qanday turiga shu jumladan, o‘ta o‘ng qanot terrorizm va Islomga qarshi hujumlarga nisbatan bir xil munosabatda bo‘lish va bu bunga qarshi kurashish uchun bir strategiya ustida kelishib olish eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lishi kerak” – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiyaning ittifoqning jamoaviy xavfsizligini ta’minlash uchun o‘z zimmasiga tushgan ishlarni bajargani va bajarishni davom etishini ifoda etgan Altun o‘z so‘zini quyidagicha davom ettirttdi:

“Kulfat bo‘lishish nafaqat harbiy byudjet va NATOga qo‘shgan hissalar bilan cheklanib qolmasligi, balki mintaqamizdagi muhojirlar inqirozi bilan shug‘ullanishni ham o‘z ichiga olishi kerak. To‘rt milliondan ortiq muhojirga quchoq ochgan bir davlat sifatida, ittifoqchilarimizdan bu tarixiy sinovda zimmasiga tushgan vazifasini bajarishlari va yana - da konstruktiv tusda yondashishlarini ko‘rishni xohlaymiz”.

Terrorizm va mintaqaviy beqarorlik tahdidiga duch kelgan Turkiyaning, o‘z milliy xavfsizligini ta‘minlashga ham qodir ham da qat’iy qarorli ekanini ta’kidlagan Altun, lekin NATO ittifoqchilarining Turkiyaning kurashini afsuski munosib ravishda qo‘llab - quvvatlamaganini qayd etdi.

 

 



Aloqador xabarlar