Turkiya Pokiston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Pokistonning Sind provinsiyasi hududida ro’y bergan poyezd halokatida 30dan ortiq yo’lovchining halok bo’lganligi munosabati bilan Pokiston hukumati va xalqiga ta’ziya bildirdi.

1653174

“Pokistonda Sind provinsiyasi Ghotki hududida ro’y bergan poyezd halokatida 30dan ortiq insonning halok bo’lgani va ko’plab insonlarning jarohatlanganidan boxabar bo’ldik. Ushbu noxush voqeada halok bo’lganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Yaradorlarga shifo tilaymiz. Do’st va qardosh Pokiston hukumati va xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz!”,-deyiladi ta’ziya maktubida.

Eslatma: Pokiston janubi-sharqida ikki yo‘lovchi poyezd to‘qnashishi oqibatida so’nggi ma’lumotlarga ko’ra, 38 kishi halok bo‘ldi. 64 kishi jarohatlandi.

Tanlangan kalimalar: #poyezd halokati , #hamdardlik , #Pokiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar