Turkiya tashqi ishlar vaziri bugun Fransiyaga safar qiladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li bugun, 6 iyun kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drianning taklifiga binoan mamlakatga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

1652488
Turkiya tashqi ishlar vaziri bugun Fransiyaga safar qiladi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li bugun, 6 iyun kuni Fransiyaga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

Ushbu ziyorat Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drianning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Mavlud Chavusho'g'li ikki kunlik tashrif doirasida mamlakat tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian bilan uchrashadi.

Tomonlar Turkiya-Fransiya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, Turkiya-Yevroittifoq munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qiladi.

Bundan tashqari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investision, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar ham ko'zdan kechiriladi.

Uchrashuv davomida ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #Mavlud Chavusho'g’li , #Turkiya

Aloqador xabarlar