Prezident Erdo‘g‘an Ilhom Aliyev va Ozarbayjon xalqini tabrikladi

Erdo‘g‘an 1918 - yilning 28 - mayi kuni e’lon qilingan Ozarbayjon respublikasining 103 - yilligi munosabati bilan Aliyevga tabrik yo‘lladi.

1647143
Prezident Erdo‘g‘an Ilhom Aliyev va Ozarbayjon xalqini tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni Ozarbayjon Respublikasi kuni bilan tabrikladi.

Ozarbayjon Prezidentlik apparati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Erdo‘g‘an 1918 - yilning 28 - mayi kuni e’lon qilingan respublikaning 103 - yilligi munosabati bilan Aliyevga tabrik yo‘lladi.

Turk xalqi va shaxsi nomidan Aliyev va Ozarbayjon xalqiga tabriklarini yetkazgan Erdo‘g‘an unda:

“Qardosh Ozarbayjon, bu yilgi Respublika kunini Vatan urushidagi adolatli g‘alabasining faxri bilan bezadi. Turkiya ham, ‘Qayg‘usini o‘z qayg‘usidek’ qabul qilgan  Ozarbayjonning ushbu baxtiga sherikdir.” - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Erdo‘g‘an, mukammal darajadagi strategik munosabatlarni “bir millat, ikki davlat” ruhi bilan yana - da mustahkamlash yo‘lidagi o‘zaro irodadan judayam mamnun ekanini bildirdi.

Birodarlik va hamkorlikning mintaqadagi tinchlik, barqarorlik va farovonlikning eng katta kafolati ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Shu fursatdan foydalanib shaxsingizga sihat - salomatlik tilab, do‘st va qardosh Ozarbayjon xalqiga porloq kelajak va barqaror farovonlik uchun yana bir bor eng yaxshi tilaklarimni izhor etaman.” - dedi.



Aloqador xabarlar