Turkiya qardosh qrimtatar turklari va Kavkaz xalqlarining dardiga sherik

Turkiya o‘z vatanidan zo‘rlik bilan surgun qilingan qardosh qrimtatar turklari va Kavkaz xalqlarining dardiga sherik.

1641628
Turkiya qardosh qrimtatar turklari va Kavkaz xalqlarining dardiga sherik
Kırım Tatar Türkleri 1.png
Kırım Tatar Türkleri 2.png
Kırım Tatar Türkleri 3.png

Turkiya o‘z vatanidan zo‘rlik bilan surgun qilingan qardosh qrimtatar turklari va Kavkaz xalqlarining dardiga sherik.

Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Tanju Bilgich, Qrimning mahalliy aholisi bo‘lgan qrimtatar turklarining bundan 77 yil muqaddam o‘z ona vatanidan zo‘rlik bilan chiqarilgani va g‘ayriinsoniy sharoitda surgun qilinganliklarini ta’kidladi.

Bilgich shuningdek,

“1944 - yilning 18 - mayi kuni kechasi 250 ming nafar qrimtatar turki qondoshimiz g‘ayriinsoniy shartlarda badarg‘a qilinib, o‘z ona vatanidan mahrum qilindi. Bu voqeada qrimtatar turklarining yirik qismi halok bo‘lar ekan yirik qismi ona vatan hasrati bilan yashashga tark etildi. Turkiya, surgundan 77 yil o‘tib Qrimning anneksiya qilinishidan tug‘ilgan qiyinchiliklar bilan yana bir bor sinalishni davom etgan qrimtatar turklari maummosining hal qilinishi, (milliy) kimliklarining saqlanib qolishi, tinchlik va salomatligi uchun qondoshlarining yonida bo‘lishni davom etadi”. - dedi.  

21 - mayni esa cherkes surguni sifatida yodga olganliklarini ifoda etgan Bilgich o‘z so‘zini:

“21 - mayda esa Chor Rossiyasining ishg‘oli yuzasidan o‘z yurtini tark etishga majbur qolib, Anado‘luda jon saqlagan Kavkaz xalqlarining buyuk yo‘qotishlarga duch kelgan; hammamizning yodida bugungi kunda ham saqlanib qolgan ana shu fojiani, Cherkez surgunining 157 - yilligini yodga olamiz. Qrimtatar turklari va qardosh Kavkaz xalqlarining dardiga sherikmiz. Surgunlarda jon berganlarga rahmat tilab, aziz xotirasi oldida hurmat bilan ta’zim qilamiz”. - degan so‘zlar bilan yakunladi.

 



Aloqador xabarlar