Turkiyada 17-maydan boshlab karantin choralari yumshatiladi

Kecha, 16 may kuni Turkiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Bosqichma-bosqich normal hayotga qaytish to‘g‘risida”gi dastur ishlab chiqilgan va ular hududiy hokimiyatlarga yuborilgan.

1640347
Turkiyada 17-maydan boshlab karantin choralari yumshatiladi

 

Turkiyada bugun, 17-maydan boshlab karantin choralari yumshatiladi. Biroq, mamlakat bo’ylab dam olish kunlari komendantlik soati davom etadi.

Anadolu axborot agentligi xabar berishicha, Turkiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Bosqichma-bosqich normal hayotga qaytish to‘g‘risida”gi dastur ishlab chiqilgan va ular hududiy hokimiyatlarga yuborilgan.

Endi fuqarolar ish vaqtidan tashqari jamoat transportida shaharlararo safarlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, savdo markazlari, xo‘jalik ashyolari xarid qilinadigan do‘konlar soat 10:00 dan 20:00 gacha ishlaydi. Oziq-ovqat do‘konlari va bozorlar dam olish kunlari ham ishlashi mumkin, faqat ularning ish vaqti 10:00 dan 17:00 gacha chegaralanadi.

Ayni vaqtda ish kunlari 21:00 dan 5:00 gacha, dam olish kunlari esa kecha-yu kunduz davom etadigan komendantlik soati 1-iyungacha saqlanib qoladi.

Turkiya ichki ishlar vazirligi ko‘rsatmasida qayd etilishicha, bu choralar sayyohlar va Turkiyaga qisqa muddatga kelganlar uchun amal qilmaydi, ammo mamlakatda istiqomat qiluvchi chet elliklarning ularga amal qilishi talab qilinadi.

Eslatish joizki, aprel oyi o‘rtalarida Turkiya hukumati koronavirusga chalinish holatining keskin ortishi munosabati bilan cheklov choralarini kuchaytirgandi. 29 apreldan 17 maygacha to’liq lokdaun jopiy etilgandi.

Mamlakatda komendantlik soati davomiyligi soat 19:00 dan 05:00 gacha uzaytirilgandi, restoran va kafelarga faqat yetkazib berish va olib ketish rejimida ishlashga ruxsat berilgandi, sport zallari yopilgandi, yopiq binolarda tadbir o‘tkazish taqiqlangandi.

May oyida Turkiyada yangi chora-tadbirlar kuchga kirdi.  Unga ko‘ra, do‘konlarda faqat asosiy oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlarini sotishga ruxsat berildi. Shu tarzda ilgari spirtli ichimliklar savdosiga qo‘yilgan taqiq endilikda elektronika, o‘yinchoqlar, ofis buyumlari, kiyim-kechak, avtoulov aksessuarlari, dasturxon va tomorqa buyumlari uchun ham amal qila boshladi.

14-may kuni Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an 17-maydan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilishni rejalashtirilayotgani, iyun oyiga kelib Turkiya o‘z fuqarolarining hayotini yanada yengillashtirish uchun cheklov choralarini sezilarli darajada yumshatmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 16-may holatiga ko’ra, mamlakatda 10 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlangan, 233 kishi virusdan vafot etgan. Pandemiya boshidan buyon 5 milliondan ortiq kishi kasallanib, 44 yarim ming odam hayotdan ko‘z yumgan.


Tanlangan kalimalar: #lokdaun , #koronavirus , #karantin , #Turkiya

Aloqador xabarlar