Mavlud Chavusho'g'li Britaniya tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Muloqotda Falastindagi bugungi vaziyat va Isroil-Falastin mojarolarini to'xtatishga qaratilgan qadamlar muhokama qilindi.

1640778
Mavlud Chavusho'g'li Britaniya tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot chog'ida tomonlar Falastindagi bugungi vaziyat va Isroil-Falastin mojarolarini to'xtatishga qaratilgan qadamlarni batafsil muhokama qildi.

Falastindagi Isroil zo'ravonligiga diqqat qaratgan Mavlud Chavusho'g'li, xalqaro hamjamiyatni bunga yana ham qat'iyroq chora ko'rishi muhim ekanligini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Mavlud Chavusho'g'li kecha, 16 may kuni aynan shu mavzu yuzasidan Qatar, Falastin va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilgandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar