Erdo'g'an Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov bilan muloqot qildi

Prezidentlar suhbat avvalida Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, birodar turk va qirg'iz xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

1639016
Erdo'g'an Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov bilan muloqot qildi

 

Bugun, 13 may kuni Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, prezidentlar suhbat avvalida Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, birodar turk va qirg'iz xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini batafsil muhokama qildilar. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab sharoitda ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Yetakchilar suhbat chog‘ida xalqaro siyosiy masalalar bo'yicha fikr almashdilar. Jumladan, Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi munosabati bilan chuqur xavotirda ekanliklarini bildirdilar. 

Erdo'g'an Al-Aqso masjidi va Falastin xalqiga hujum qilayotgan Isroilga qarshi chora ko'rish maqsadida tashlanadigan xalqaro qadamda Qirg'izistonning ham hissasini ko'rishdan umidvorligini tilga oldi. U shuningdek, Falastin-Isroil muammosi xalqaro huquq normalariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etilishi lozimligini alohida ta'kidladi.

Turkiya va Qirg'iziston Prezidentlarining muloqoti o‘zaro ishonch ruhida, ochiq va do‘stona o‘tdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #Sadir Japarov , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar