Mavlud Chavusho'g'li Iordaniya va Misr tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi

Tomonlar suhbat chog'ida Falastinda ro'y berayotgan hodisalar va Isroil zo'ravonligini to'xtatish bo'yicha tashlanadigan qadamlarni muhokama qildi.

1637911
Mavlud Chavusho'g'li Iordaniya va Misr tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li Saudiya Arabistonida Iordaniya tashqi ishlar vaziri Eyman as-Safadi va Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukru bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tomonlar suhbat chog'ida Falastinda ro'y berayotgan hodisalar va Isroil zo'ravonligini to'xtatish bo'yicha tashlanadigan qadamlarni muhokama qildi.

Eslatish joizki, Mavlud Chavusho'g'li kecha, 10 may kuni ushbu masala yuzasidan Marokash tashqi ishlar vaziri Nasser Bourita, Eron tashqi ishlar vaziri Mahammad Javod Zarif, Jazoir tashqi ishlar vaziri Sabri Bukadum, Pokiston tashqi ishlar vaziri Shox Mahmud Qurayshi, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Yusuf Al-Useymin, Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy va Tunis tashqi ishlar vaziri Osman al-Jerendi bilan telefon orqali muloqot qilgandi.

 



Aloqador xabarlar