Turkiya falastinliklar haqqini talab qilishni davom etadi

Isroil politsiyasi Al - Aqsa masjidini navbat bilan qoriqlagan falastinliklarga qarshilik ko‘rsatib, hujum qildi.

1637418
Turkiya falastinliklar haqqini talab qilishni davom etadi
İsrail'in Mescid-i Aksa'ya saldırısı 02.jpg
al aqsa.jpg
al aqsa 2.jpg

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Isroilning Al - Aqsa masjididagi shiddatiga qarshi Falastin xalqining ovozi bo‘lish va haqlarimi talab qilishni davom etishlarini bildirdi.

Twitter hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu:

“Isroilning, Al - Aqsa masjididagi qunohsiz insonlarga qarshi qo‘l urgan shiddati tugamayapdi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bu vahshiylikni jimjirt tomosha qilganlarning Yaqin Sharq Tinchlik jarayonidan bahs etmasligi kerakligiga e’tibor qaratgan Chavusho‘g‘lu:

“Falastinlik qardoshlarimizning ovozi bo‘lishni , haqlarini talab qilishni davom etamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin ham Isroilning ishg‘olchi kuchlarining Quddusda tinch aholi va himoyasiz Falastin xalqini nishonga olgan hujumning tezlik bilan bas qilinishini kerakligini ta’kidladi.

Kalin Twitter hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida quyidagilarni ifoda etdi:

“Isroilning ishg‘olchi kuchlarining Quddusda tinch aholi va himoyasiz Falastin xalqiga qarshi yo‘lga qo‘ygan zo‘rovonligi tezlik bilan to‘xtatilishi kerak. Prezidentimizning buyrug‘i bilan tashabbuslarimiz har jihatdan davom etmoqda. Falastinliklarga qarshi qo‘l urilgan har qanday hujum, zo‘rovonlik va hodisadan Isroil rasmiylari mas’uldir”.

Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari Numan Kurtulmush ham Twitter orqali mavzu haqida bergan bayonotida:

“Terror davlati Isroil faqatgina Al - Aqsa masjidini ishg‘ol etish bilan cheklanib qolmay ayni vaqtda insoniyatni ham qatl qilmoqda. Jimjirt tomosha qilgan xalqaro hamjamiyat, uyat emasmi? Gap tamom! Isroil darhol bas qilishi kerak! Xalqaro tashkilotlar harakatga o‘tib, bu vahshiylikni to‘xtatishi lozim!” - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik esa mavzu haqida Twitter hisobi orqali:

“Al - Aqsa masjididan tashqarida fanatik ruhidagilar ishg‘ol uchun tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Bu zulum va parvosizcha huquqni tan olmaslikdir. Bunga dunyo ‘Bas qil’ deyishi kerak”. - dedi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Al - Aqsa masjidi

Aloqador xabarlar