Erdo‘g‘an Isroilning Quddusdagi hujumlarini “terror” deb baholadi

Prezident Erdo‘g‘an Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos va Hamas Siyosiy byuro rahbari Ismoil Haniyya bilan telefon orqali muloqat qildi.

1637508
Erdo‘g‘an Isroilning Quddusdagi hujumlarini “terror” deb baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos va Hamas Siyosiy byuro rahbari Ismoil Haniyya bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra muloqatda, Isroilning Al - Aqsa masjidi bilan falastinliklarni nishonga olgan hujumlari qo‘lga olingan.

Erdo‘g‘an muloqatlarda, Isroilning Quddusdagi hujumlarini “terror” deb baholagan holda nafaqat musulmonlar balki butun insoniyat vijdonini yaralagan bu dahshatli hujumlar orqali falastinliklarga qarshi qo‘l urilgan zulmni keskin qoralaganini ifoda etgan.

Isroil yo‘lga qo‘ygan terrorni va ishg‘olni to‘xtatish uchun Islom olami bosh bo‘lish bilan birga butun dunyo bilan qo‘llaridan kelganning hamamsini qilishlarini ta’kidlagan Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyaning har doim Falastin talabini qo‘llab - quvvatlashni, falastinlik qardoshlarining yonida bo‘lishni va Quddus izzatini himoya qilishni davom etishini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Quddus , #Prezident Erdo‘g‘an , #Isroil

Aloqador xabarlar