Altun: “Isroilning shafqatsiz hujumlariga bas qil deyishning ayni vaqtidir”.

Faxrettin Altun, Isroil politsiyasi tomonidan Al - Aqsa masjidida falastinliklarga monelik qilinishi ortidan Twitter hisobi orqali turk va ingiliz tilida munosabat bildirdi.

1637334
Altun: “Isroilning shafqatsiz hujumlariga bas qil deyishning ayni vaqtidir”.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchisi Faxrettin Altun islom dunyosiga xitob etgan holda,

“Isroilning shafqatsiz hujumlariga bas qil deyishning ayni vaqtidir”. - dedi.

Altun, Isroil politsiyasi tomonidan Al - Aqsa masjidida falastinliklarga monelik qilinishi ortidan Twitter hisobi orqali turk va ingiliz tilida munosabat bildirdi.   

Faxretin Altun unda:

“Islom dunyosiga shuni aytmoqchiman, Isroilning shafqatsiz hujumlariga bas qil deyishning ayni vaqtidir. Butun insoniyatga, bu terror davlatini haddini bildirish vaqti kelganini yetkazmoqchiman. Bu tarixiy va insoniy mas’uliyatimizdir. Yolg‘iz qolsak ham bu zulum tartibiga qarshi kurashamiz. Turkiya, Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning liderligida bu zolim tartibga qarshi bugungacha kuchli ravishda kurashdi. Bu sharafli kurashdir. Bu kurash haqiqat va xurofat kurashidir. Zolimlar uchun yashasin jahannam”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar