Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu Ylya Yohanssonni qabul qildi

Muzokaralarda Turkiya va Yevroittifoq kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan migratsiya sohasida hamkorlik va vizani bekor qilish kabi masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

1635953
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu Ylya Yohanssonni qabul qildi

 

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu amaliy tashrif bilan Anqaraga kelgan Yevroittifoq komissiyasining ichki ishlardan mas’ul komissari Ylya Yohanssonni qabul qildi.

Poytaxt Anqarada xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar bo’yicha kordinatsiya markazida (GAMER) bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng, Ylya Yohansson “Sharaf daftari”ga imzo chekdi.

So’ngra, hay’atlararo muzokaralar boshlandi.

Muzokaralarda Turkiya va Yevroittifoq kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan migratsiya sohasida hamkorlik va vizani bekor qilish kabi masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Ylya Yohansson , #Yevroittifoq , #Turkiya

Aloqador xabarlar