Turkiya Latviyaning 1915-yil voqealarini “genotsid” deb ataganligini qoraladi

Turkiya Latviyaning Usmoniy imperiyasida sodir etilgan 1915-yil voqealarini “genotsid” deb baholash to’g’risidagi qarorini qoraladi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

1635374
Turkiya Latviyaning 1915-yil voqealarini “genotsid” deb ataganligini qoraladi

 

Turkiya Latviyaning Usmoniy imperiyasida sodir etilgan 1915-yil voqealarini “genotsid” deb baholash to’g’risidagi qarorini qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Latviya parlamentida qabul qilingan 1915-yil voqealarini “genotsid” deb baholash to’g’risidagi qaror tarixni siyosiy maqsadlar bilan qayta yozish bilan barobar. Bu tarixiy yoki huquqiy asosga ega emas. Ushbu baxtsiz va huquqqa hilof qarorni rad etamiz va qat’iyan qoralaymiz. Parlamentlar tarix yozish va sud qilish joyi emas”,-deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Usmoniylar imperiyasida XX asr boshlarida (1915-yil) yuz bergan hodisalarda xalqaro huquqda belgilangan “genotsid” deb atalishini taqazo qiladigan voqea yuz bermaganligiga diqqat qaratildi.

Bu qaror avvalo 1948 yilda imzolangan “Genotsidni oldini olish va jazoga tortilishi to’g’risida”gi rezolyutsiya hukmlari, shuningdek, Yevropa Inson huquqlari mahkamasining 1915-yil voqealari bo’yicha 2013- va 2015-yilgi qarorlariga hilof ekanligi qayd etildi.

Ushbu qaror Latviya ishg’olining 80 yilligi munosabati bilan o’z tarixidagi voqealarga doir bayonotida “tarixiy hodisalarga nisbatan haqqoniy va adolatli ravishda yondashish xalqaro aloqalarning eng asosiy shartidir” degan ifodasiga zid ekanligi qayd etildi.

“Latviya parlamentini tarixdan dushmanlik paydo qilishga harakat qilgan ba’zi tashqi kuchlarga xizmat qilish o’rniga, ushbu xatodan qaytishga, nafaqat turk va arman xalqlarining, balki mintaqa xalqlarining tinch-totuv yashashiga zamin yaratadigan tashabbuslarni qo’llab-quvvatlashga chaqiramiz”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: 24 aprelda AQSh prezidenti Jo Bayden Usmoniylar imperiyasida XX asr boshlarida yuz bergan hodisalarni "armanlar genotsidi" deb atadi. AQShning Baydendan avvalgi prezidentlari shu paytgacha bunday bayonotlar berishdan o‘zlarini tiyib kelgandilar. 


Tanlangan kalimalar: #genotsid , #Latviya , #Turkiya

Aloqador xabarlar