Erdo'g'an Turkiyadagi diniy ozchilik vakillariga iftor ziyofati berdi

Kecha, 5-may kuni poytaxt Anqaradagi Chankaya ko’shkida mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan diniy ozchilik vakillari uchun iftor dasturxoni yozildi.

1634969

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an mezbonligida berilgan iftor ziyoratida diniy ozchilik vakillari, jumladan Fener Yunon Patriarxi Bartholomeos, Balikli yunon shifoxonasi fondi rahbari Konstantin Yuvanidis, Suryoniy jamoatining ruhoniy vakili Yunus Chetin, Suryoniy Kadim fondi rahbari Sait Susin, Turkiyadagi Yahudiylar jamoatining diniy vakili haham Isxak Haleva, Turk Yahudiylari Jamoati vakili Isxak Ibrahimzadeh, Turkiya hahamlar fondi rahbari va Turkiyadagi Yahudiy jamoatining ikkinchi rahbari Erol Kohen, Turkiya Armaniylari patriarxi Sahak Mashalyan, Surp Pirgich Armaniy kasalxonasi fondi rahbari Bedros Shirinoglu, Turkiyadagi Suryoniy Katoliklari Jamoatining ruhoniy lideri Orhan Abdulahad Chanli va Suryoniy Katoliklar fondi boshqaruv kengashi rahbari Zeki Basatemir ishtirok etdi.

Mazkur ziyofatda Din ishlari boshqarmasi rahbari, professor Ali Erbash ham ishtirok etdi.

Tanlangan kalimalar: #iftor , #diniy ozchilik , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar