Erdo’g’an Chili Respublikasining yangi elchisi Rodrigo E.Arkos Kastroni qabul qildi

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, Chili Respublikasining Turkiyaga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga ishonch yorlig’ini topshirdi.

1634046
Erdo’g’an Chili Respublikasining yangi elchisi Rodrigo E.Arkos Kastroni qabul qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha, 4-may kuni Chili Respublikasining mamlakatga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Rodrigo E. Arkos Kastroni qabul qildi.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Chili Respublikasining Turkiyaga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga ishonch yorlig’ini topshirdi.

Prezident Erdo’g’an yangi elchiga Chili Respublikasining Turkiya bilan do‘stlik rishtalari va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

Shuningdek, Turkiya Prezidenti yangi tayinlangan elchi bilan qisqa suhbat o‘tkazdi.

Diplomat samimiy qabul hamda samarali faoliyat ko’rsatishga yaratilgan shart-sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni har tomonlama rivojlantirish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdi.

Qabulda elchi janoblarining turmush o’rtog’i, farzandlari va elchixonaning ba’zi xodimlari ham ishtirok etdi.



Aloqador xabarlar