Turkiyada 7 maydan boshlab karantin choralari yanada kuchaytiriladi

Turkiya ichki ishlar vazirligi 7 maydan boshlab koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashayotgani sababli joriy karantin choralari yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi.

1634203
Turkiyada 7 maydan boshlab karantin choralari yanada kuchaytiriladi

 

Turkiya ichki ishlar vazirligi 7 maydan boshlab koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashayotgani sababli joriy karantin choralari yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri Turkiyada 4,9 milliondan ortiq odam COVID-19 ga chalingan, 41 mingdan ortiq kishi esa virus tufayli vafot etgan.

7 maydan boshlab do‘konlar, shuningdek, tarmoq supermarketlarida faqat asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena vositalari, uy hayvonlari uchun oziq-ovqat va kosmetika vositalarini (parfyumeriya va pardoz mahsulotlari bundan mustasno) sotishga ruxsat berildi. Elektron mahsulotlar, o‘yinchoqlar, ish yuritish materiallari, kiyim-kechak, avtoulov aksessuarlari, dasturxon va bog‘ buyumlarini sotish bo‘yicha taqiq spirtli ichimliklar savdosiga qo‘yilgan cheklovlar qatoriga qo‘shildi.

Oldingi qarorga ko‘ra, 29 apreldan 17 maygacha Turkiya aholisi zarur xaridlar va shoshilinch tibbiy yordam olish maqsadida ko‘chaga chiqishi mumkin. Qolgan vaqtda uyda bo‘lishi kerak.

Shaharlararo sayohat qilish uchun rasmiy ruxsatnoma talab qilinadi. Maktab o‘quvchilarining o‘qishi onlayn shaklda davom etadi. Jamoat transportida oraliq masofaning qat’iy chegarasi joriy etilmoqda.

2 may kuni O‘zbekiston hukumatining qarori bilan tibbiy buyumlar ko‘rinishidagi gumanitar yordam yuklari maxsus reys bilan Toshkentdan Turkiyaga yetkazib berildi va mazkur mamlakat hukumati vakillariga topshirildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #lokdaun , #koronavirus , #karantin , #Turkiya

Aloqador xabarlar