Turkiya delegatsiyasi bugun Misr poytaxti Qohiraga jo’nab ketadi

Turkiya va Misr o’rtasidagi munosabatlarni normallashtirish doirasida 5-6 may kunlari Qohirada Turkiya va Misr delegatsiyalari o’rtasida siyosiy muzokaralar olib boriladi.

1634173
Turkiya delegatsiyasi bugun Misr poytaxti Qohiraga jo’nab ketadi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal boshchiligidagi delegatsiya bugun, 5-may kuni amaliy tashrif bilan Misr poytaxti Qohiraga jo’nab ketadi.

Turkiya va Misr o’rtasidagi munosabatlarni normallashtirish doirasida 5-6 may kunlari Qohirada Turkiya va Misr delegatsiyalari o’rtasida siyosiy muzokaralar olib boriladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Turkiya va Misr o’rtasidagi siyosiy muzokaralar 5-6 may kunlari Qohirada Turkiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal va Misr tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Hamdi Sanad Loza yetakchiligida bo’lib o’tadi.

Muzokaralarda ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni o’zaro va mintaqaviy jihatdan normallashtirishga doir qadamlar belgilab olinadi.

Eslatish joizki, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li 15 aprel kuni televideniye orqali bayonotida, Turkiya va Misr o’rtasida dastlab razvedka bo’yicha yo’lga qo’yilgan diplomatik muloqotni tashqi ishlar vazirliklari vositasida davom ettirishga kelishib olinganligini ma’lum qilgandi.

Turkiya va Misr o’rtasidagi diplomatik munosabatlar 2013 yildan buyon o’zaro maslahatchi darajasida davom ettirilayotgandi.

Eslatma: Turkiya va Misr o‘rtasidagi munosabatlar Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy to‘ntarilishi va undan keyin yuz bergan qonli to‘qnashuvlar sababli yomonlashgandi. Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an misrlik harbiylarning Mursiy tarafdorlariga qarshi amalga oshirgan harakatlarini qoralagandi va Mursiyni Misrning qonuniy prezidenti deb hisoblashini aytgandi. Turkiya va Misr 2013 yil avgustda o‘z elchilarini maslahatlashuv uchun ortga chaqirtirib olishgan, shundan keyin Misr Turkiya elchisini, Turkiya esa Misr elchisini “persona non grata” deb e'lon qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Misr , #Turkiya

Aloqador xabarlar