Mavlud Chavusho’g’li Bosniya-Gersegovina poytaxti Sarayevoga safar qildi

Mavlud Chavusho’g’li tashrif doirasida avvalo “Kovachi” shahidlar hiyobonini ziyorat qildi, u yerda mamlakatning birinchi prezidenti marhum Aliya Izzetbegovichning qabriga gulchambar qo’ydi. O’tganlar ruhiga duolar o’qildi.

1634055
Mavlud Chavusho’g’li Bosniya-Gersegovina poytaxti Sarayevoga safar qildi
cavusoglu saraybosna.jpg
cavusoglu saraybosna.jpg

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li rasmiy tashrif bilan Bosniya-Gersegovina poytaxti Sarayevoga safar qildi.

Mavlud Chavusho’g’li tashrif doirasida avvalo “Kovachi” shahidlar hiyobonini ziyorat qildi, u yerda mamlakatning birinchi prezidenti marhum Aliya Izzetbegovichning qabriga gulchambar qo’ydi. O’tganlar ruhiga duolar o’qildi.

Shuningdek, tarixiy Husrev Bey jome’-masjidi qoshidagi Gazi Husrev Bey maqbarasi ziyorat qilindi. U yerda Qur’on tilovat qilindi. Jome’-masjidining bosh imomi Mansur Malkich bilan suhbatlashgan Mavlud Chavusho’g’li Sloveniya muftiyi Nadzod Grabusning salomini yetkazdi.

Masjid imomi mehmonlarga Gazi Husrev Beyning Sarayevoga kelishining 500 yilligi nishonlanganligini va uning bunyod etgan asarlari kunimizgacha yetib kelganligi haqida ma’lumot berdi.

Bosniya-Gersegovina tashqi ishlar vaziri Bisera Turkovich tomonidan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li sharafiga iftor dasturxoni yozildi. Tadbirda ikki mamlakat muftiylari, ulamo va mutasaddilari ishtirok etdi.

Mavlud Chavusho’g’lining Sarayevoga tashrifi davom etmoqda.



Aloqador xabarlar