Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar: “Liviya liviyaliklarga oid”.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan Qurolli kuchlar Bosh shtab boshlig‘i general Yashar Guler amaliy tashrif bilan Liviyaga borar ekan u yerda turk askarlari bilan uchrashdi.

1633685
Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar: “Liviya liviyaliklarga oid”.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan Qurolli kuchlar Bosh shtab boshlig‘i general Yashar Guler amaliy tashrif bilan Liviyaga borar ekan u yerda turk askarlari bilan uchrashdi.

Liviya Bosh shtab boshlig‘i general Muhammad al - Haddad, G‘arb mintaqa qo‘mondoni general - mayor Usame Juvayli va Tripoli mintaqa qo‘mondoni general - mayor Abdulboqiy Mervan ham ishtirok etgan dasturda Akar turk askarlariga xitob etdi.

Liviyaning liviyaliklarga oid ekanini va faqatgina Liviya tomonida ekanliklarini ifoda etgan Akar o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Liviya mustaqilligi muhimdir. Biz bu yerga kelganimizda bir qator muammolar bor edi. Ularni hal qilish uchun kecha - kunduz demay quriqlikda, dengizda va havoda qo‘limizdan kelgan har qanday g‘ayratni ko‘rsatdik. Mehnatlardan unumli natijalar oldik. Biz yaxshi kun emas qora kunda ham do‘stmiz. Bu yerda qurolli kuchlarning tuzilishi, tashkilotning modernizatsiya qilinishi va uyushtirilishi uchun Turkiya bilan birgalikda liviyalik qardoshlarimiz faoliyatlarini yelkama - yelka davom ettirmoqda”.  

Liviyada Abdulhamid Dibaydaning Bosh vazirlikdagi Milliy Birlik hukumatining asos ekani, bu hukumatning qo‘llab - quvvatlanishi kerakligini ifoda etgan Akar, dekabr oyida o‘tkaziladigan saylovlargacha Liviyada tinchlikning davom etishi uchun harakat qilganliklarini yetkazdi.

Turkiyaning Liviyadagi o‘rnining Sharqiy O‘rta yer dengizidagi haq - huquq, aloqa va manfaatlarining himoya qilinishi jihatidan ham alohida o‘ringa ekaniga e’tibor qaratgan Akar,

“Liviya bilan shartnoma asosida Sharqiy O‘rta yer dengizidagi faoliyatlarimizni davom ettiryapmiz. Gretsiyaning bu shartnoma kuchini bekor qilish tashabbuslari foydasizdir. Muammolarning xalqaro huquq, yaxshi qo‘shnichilik, muloqat va tinchlik yo‘llari orqali hal qilinishini xohlaymiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Liviya

Aloqador xabarlar