"Inson huquqlari, islomofobiya va antisemitik hujumlarga qarshi birgalikda kurashilishi kerak".

Poytaxt Lyublyanaga tashrif uyushtirgan Mevlut Chavusho‘g‘lu sloveniyalik kasboshi Dr. Anze Logar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1633967
"Inson huquqlari, islomofobiya va antisemitik hujumlarga qarshi birgalikda kurashilishi kerak".

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Sloveniyaga borar ekan u yerda kasbdoshi Anze Logar bilan uchrashdi.

Mevlut Chavusho‘g‘luning Sloveniyadagi tashrifi davom etmoqda.  

Hozirda poytaxt Lyublyanada bo‘lgan Mevlut Chavusho‘g‘lu sloveniyalik kasboshi Dr. Anze Logar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Chavusho‘g‘lu bilan Logar o‘zaro va hay’atlararo uchrashuvi ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Uchrashuvlarning samarali o‘tganini ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning ba’zilarida inson huquqlari bo‘yicha muammolar paydo bo‘la boshlaganini, islomofobik va anti - sematik hujumlarning ortayotganini qayd etdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu,

“Shunga qarshi birgalikda kurash olib borishimiz kerak”. - dedi.

Sloveniya Tashqi Ishlar vaziri Anze Logar ham Chavusho‘g‘luning Liviyaga bo‘lgan tashrifi va Afg‘onistondagi vaziyat haqida ma’lumot bo‘lishganini qayd etgan holda,

“Bu biz uchun alohida o‘ringa ega edi. Shuningdek, migratisya haqidagi shartnomaning yangilanishi va Yevropa ittifoqi davriy rahbarligi paytida Sloveniya uchun muhim moddalarning biri bo‘ladi”. - deya gapirdi.

Logar o‘zaro munosabatlarning yana - da mustahkam tus olishi jihatidan hamfikr ekanliklarini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Chavusho‘g‘lu tashrifi doirasida Islom jamiyati rahbari muftiy Nedzad Grabus bilan ham uchrashdi.

Ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Grabus bilan uchrashuvi haqida ma’lumot bo‘lishgan Chavusho‘g‘lu,

“Lyublyanadagi ilk jome’ masjidining qurilishi va Islom madaniyati markazining xizmatga ochilishi munosabati bilan tabriklayman”. - dedi.

Chavusho‘g‘lu o‘z vazifasidan ketadigan muftif Grabusga liderligi va xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

 



Aloqador xabarlar