Chavusho‘g‘lu: Liviyaning yaxshi - yomon kunlarida yonida bo‘lishni davom etamiz

Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Liviya poytaxti Tripoliga borar ekan u yerda o‘zaro uchrashuvlari ortidan kasbdoshi Nejla al - Mangush bilan matbuot anjumani uyushtirdi.

1633396
Chavusho‘g‘lu: Liviyaning yaxshi - yomon kunlarida yonida bo‘lishni davom etamiz

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Turkiyaning Liviyaning yaxlitligi, mustaqilligi va siyosiy birligining saqlanib qolinishiga alohida e’tibor berganini qayd etdi.  

Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Liviya poytaxti Tripoliga borar ekan u yerda o‘zaro uchrashuvlari ortidan kasbdoshi Nejla al - Mangush bilan matbuot anjumani uyushtirdi.

Chavusho‘g‘lu kuchli bir hay’at bilan amalga oshirilgan tashrif maqsadining qardosh Liviyaga, Prezidentlik kengashi va Milliy birlik hukumatiga Turkiyaning qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor yetkazish ekanini ta’kidladi.

“Turkiya sifatida Liviyaning yaxlitligi, mustaqilligi va siyosiy birligining saqlanib qolinishi masalasini har doim asosiy qonun - qoida deb qabul qildik va unga alohida e’tibor beryapmiz”. - degan Chavusho‘g‘lu Turkiyaning butunlay tinchlik, barqarorlik va farovonlik uchun qattiq harakat qilganini ifoda etdi.   

Kasbdoshi bilan ikkala mamlakat o‘rtasidagi dengiz yurisdiksiyasi va bundan keyin tashlanadigan qadamlarini qo‘lga olganliklarini yodga solgan Chavusho‘g‘lu,

“Liviyalik qardoshlarimizning yaxshi - yomon kunlarida yonlarida bo‘lishni davom etamiz va kelasi kunlarda aloqamizni yana - da kuchaytiramiz”. - deya gapirdi.  

Liviya Tashqi Ishlar vaziri Mangush esa Turkiyaning oxirgi jarayon davomida liviyaliklar yonida bo‘lgani va alohida qo‘llab - quvvatlaganini belgilab o‘tgan holda Turkiyaga chuqur minnatdorchilik izhor etdi.

Mangush mamlakat tuproqlaridagi barcha chet ellik kuchlar va yollanma askarlarni chiqarish uchun Turkiyani hamkorlikka chaqirdi.  

Mangush, iqtisodiy munosabatlarni ham ikkala o‘lkaning qonuniy manfaatlari asosida rivojlantirish niyatida ekanliklarini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar