Chavusho‘g‘lu: Liviya mustaqilligining saqlanib qolinishiga alohida e’tibor beryapmiz

Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan Hulusi Akar yetakchiligidagi hay'at Liviya poytaxti Tripolida Abdulhamid Dibayba tomonidan qabul qilindi.

1633256
Chavusho‘g‘lu: Liviya mustaqilligining saqlanib qolinishiga alohida e’tibor beryapmiz

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar va hamrohligidagi hay’at Liviya poytaxti Tripolida Abdulhamid Dibayba tomonidan qabul qilindi.

Tripolida Dibayba bilan bo‘lgan uchrashuvi haqida Twitter hisobi orqali ma’lumot bo‘lishgan Chavusho‘g‘lu:

“Yurtimizning Milliy birlik hukumatini qo‘llab - quvvatlashini ta’kidladik”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Chavusho‘g‘lu uchrashuvda shu bilan birga Oliy darajali strategik hamkorlik kengashidagi mavzularning kuzatilishi masalasini qo‘lga olganliklarini belgilab o‘tgan holda, Turk shirkatlarining Liviyaga qaytib, mamlakatning rivojiga hissa qo‘shishini qayd etdi.

Uchrashuvlar ortidan kasbdoshi Nejla Mangush bilan mushtarak matbuot anjumanida gapirgan Chavusho‘g‘lu:

“Liviyaning yaxlitligi, mustaqilligi va siyosiy birligining saqlanib qolinishiga alohida e’tibor beryapmiz”. - dedi.



Aloqador xabarlar