Mavlud Chavusho’g’li Tojikiston va Qirg’iziston TIV rahbarlari bilan muloqot qildi

Suhbat chog’ida 28-29 aprel kunlari qirg‘iz-tojik chegarasida ro‘y bergan hodisalar muhokama qilindi. Turkiya mamlakatlar o’rtasida o’zaro murosani yo’lga qo’yish uchun yordamga tayyorligi qayd etildi.

1632790
Mavlud Chavusho’g’li Tojikiston va Qirg’iziston TIV rahbarlari bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li 1 may kuni Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Qirg’iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, suhbat chog’ida 28-29 aprel kunlari qirg‘iz-tojik chegarasida ro‘y bergan hodisalar muhokama qilindi. Shuningdek, ikki qardosh mamlakat o’rtasida ro’y bergan nizolarni tinch yo’l bilan hal qilishdan umidvorlik tilga olindi. Turkiya mamlakatlar o’rtasida o’zaro murosani yo’lga qo’yish uchun yordamga tayyorligi qayd etildi.

Mavlud Chavusho’g’li o’z navbatida, tomonlar o’zaro o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy kuchlarni avvalgi joylariga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilganligini mamnuniyat bilan baholadi.

Eslatish joizki, 28 aprel kuni qirg‘iz-tojik chegarasida ro’y bergan nizolar vaqtida 49 kishi halok bo’lgan. Ulardan 34 nafari Qirg’iziston fuqarolari hisoblanadi. Shuningdek, Qirg‘izistonning 178 nafar fuqarosi jabrlangan. Shu munosabat bilan 1-2 may kunlari respublikada milliy motam kuni deb e'lon qilingan.

Ma’lum qilishicha, mojarolar vaqtida Tojikiston tomonidan 10 nafargacha odam halok bo‘lgan, 90dan ko‘prog‘i yaralangan. Biroq, Dushanbedan bu borada hozircha rasmiy ma'lumotlar berilmagan.

1 may kuni ikki tomon o‘t ochishni to‘xtatish va chegara hududidan qo‘shinlarni olib ketish haqidagi bayonnomani imzolagan.



Aloqador xabarlar