Prezident Erdo‘g‘an: “Janubiy Kipr hech qachon to‘g‘ri munosabatda bo‘lmadi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Jenevadagi Kipr muzokarasi haqida bayonot berdi.

1631795
Prezident Erdo‘g‘an: “Janubiy Kipr hech qachon to‘g‘ri munosabatda bo‘lmadi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Shveytsariyaning Jeneva shahridagi Kipr muzokarasi haqida,

“Janubiy Kiprga ishonmayman. Ular hech qachon to‘g‘ri munosabatda bo‘lmadi”. - dedi.

Erdo‘g‘an Istanbulda mavzu haqida bergan bayonotida:

“Mana endi 2 - 3 oydan keyingiga qoldirildi va men yana natija olinmaydi degan fikrdaman. Chunki yaxshi niyatli emaslar. Yolg‘on gapirdilar, natijada uyushtirilgan referendumni ham nazar - pisand qilmadilar. Bugungi kunga kelib yana bir xil munosabatdalar. To‘g‘ri munosabatda bo‘lganlarida bizdan munosib muomalani ko‘radilar. Aks holda kelisholmaymiz”. - deya gapirdi.

Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiyadagi yangi turdagi koronavirusga (Covid - 19) ga qarshi davom etgan emlash jarayoni haqida esa:

“Vaksina olib kelishda biron - bir muammoga duch kelishimizga ishonmayman. Qo‘limizda yetarli miqdorda vaksina bor. Rossiya bilan yo‘lga qo‘yilgan uchrashuvlarimiz natijasida Sputnik V vaksinasi Xudo xohlasa kelyapdi, keladi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Biontech vaksinasi olib kelish masalasi ustidan esa Prezident Erdo‘g‘an,

“Biontech uchun Germaniya va’da bergan. Xudo xohlasa u ham keladi”. - dedi.  

Erdo‘g‘an mahalliy vaksinalar haqida esa:

“G‘ayriodatish xodisa yuz berishiga ishonchim komil. Mahalliy vaksina ustidan ham bugunlarda universitetlarimiz, ba’zi dori - darmon firmalarimiz tirishib ish olib bormoqda. Ular yetkazgan ma’lumotlarga tayangan holda, shu yilning sentabr - oktabr oylarida mahalliy vaksinani ham ishlab chiqarish bosqichiga o‘tilishiga ishonaman”. - deya gapirdi.  

 

 



Aloqador xabarlar