Turkiya Oliy majlisida AQSh prezidentining 1915-yil voqealari bo'yicha bayonoti qoralandi

Bugun, 27-aprel kuni Turkiya Oliy majlisi umumiy kengashida AQSh prezidenti Jo Baydenning 1915-yil voqealarini "armanlar genotsidi" deb ataganligini qoralash va rad etish to’g’risida bayonnoma qabul qilindi.

1629510

“Turkiya Oliy majlisi AQSh prezidenti Jo Baydenning 2021 yil 24 apreldagi bayonoti orqali 1915-yil voqealari haqida Arman lobbilarining iddaolarini qo’llab-quvvatlashini qoralaydi. Tarixning siyosiy maqsadlar bilan toptalishini va ushbu asossiz tuhmatlarni qat’iytan rad etamiz”,-deyiladi bayonnomada.

“Tarixiy mavzularda qaror qabul qilishga haqqi bo’lmagan AQSh prezidenti Jo Baydenning bayonoti biz uchun hech qanday huquqiy asosga ega emas. Baydenni tarixiy haqiqatlarga to’g’ri kelmagan, xalqimizning vijdonini larzaga solgan ushbu bayonotini o’zgartirishga, nafaqat turk va arman xalqlari, balki mintaqa xalqlari uchun tinchlik, barqarorlik va xotirjamlikda yashashga bo’lgan intilishini qo’llab-quvvatlashga, ikki tomonlama munosabatlarimizga putur yetkazadigan ushbu qarordan voz kechishga chaqiramiz. AQSh prezidentining ushbu bayonotini qabul qilmaymiz”,-deb ilova qilinadi bayonnomada.

Tanlangan kalimalar: #armanlar genotsidi , #Jo Bayden , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar