Matbuot sharhlari 27.04.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1628931
Matbuot sharhlari 27.04.2021

 

Xabar turk gazetasi: “Prezident Erdo’g’an AQSh prezidenti Jo Baydenga keskin javob berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha vazirlar kengashi yig’ilishidan keyingi bayonotida, AQSh prezidenti Jo Baydenning 1915-yil voqealarini “armanlar genotsidi” deb ataganligini “asossiz va adolatsiz” deb baholadi. Erdo’g’an “Turk xalqiga genotsid tamg’asini yopishtira omaysiz”, dedi.

 

Sabah gazetasi: “Fahrettin Altundan Baydenga e’tiroz: Haddidan oshgan bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti ma’muriyatining Kommunikatchilar bo’yicha departamenti rahbari Fahrettin Altun AQSh prezidenti Jo Baydenning 1915-yil voqealarini “armanlar genotsidi” deb ataganligiga e’tiroz bildirdi.

Baydenning bayonotini asossiz deb baholagan Fahrettin Altun: “AQSh prezidenti Jo Baydenning genotsid yolg’onini rad etamiz. Buni baxtsiz va haddidan oshgan bayonot deb baholaymiz”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Vazir So’ylu:Qo’lbola portlovchi qurilma topildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu 26 yanvarda 2550 nafar harbiy ishtirokida boshlangan “Eren-5 Bagok” operatsiyasi doirasida Mardinning Nusaybin tumaniga qarashli Korukoy qishlog’ida 50 kg plastmassa portlovchi modda va portlashga shay qilib qo’yilgan bo’lbola bomba qurilmasi topilganligini va yo’q qilinganligini bildirdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Sputnik-V vaksinasi uchun kelishuvlar tamomlandi. Vaksina Turkiyada ishlab chiqariladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiya to’g’ridan-to'g'ri investitsiya fondi va Turkiyaning “Viscoran” dori firmasi Sputnik-V vaksinasini Turkiyada ishlab chiqarish uchun shartnoma imzoladi. Kelgusi oylarda bir necha muassasada bir paytning o’zida vaksinani ishlab chiqarish boshlanadi.

 

Star gazetasi: “Ishlab chiqarish sanoatining quvvatlaridan foydalanish darajasi oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank kecha twitter orqali, Turkiyada ishlab chiqarish sanoatining quvvatlaridan foydalanish darajasi aprel oyida 0.6 ball oshib, 76.2 foizni tashkil qilganligini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar