Faxrettin Altun: "ShKTR taqdiri bizning taqdirimizdir”.

Faxrettin Altun Shimoliy Kipr Turk Respublikasi taqdirining Turkiya taqdiri ekanini qayd etdi.

1628440
Faxrettin Altun: "ShKTR taqdiri bizning taqdirimizdir”.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchisi Faxrettin Altun Shimoliy Kipr Turk Respublikasi taqdirining Turkiya taqdiri ekanini qayd etdi.

Altun ShKTR Prezidenti Ersin Tatarning Gretsiyada chop etilgan “Kathimerini” deb nomlangan gazetasiga bergan bayonoti haqida ijtimoiy tarmoq Twitter hisobi orqali:

“Shimoliy Kipr Turk Respublikasi taqdiri bizning taqdirimizdir”. - deb post qoldirdi.  

Altun unda ShKTR Prezidenti Ersin Tatarni ham ilova etgan holda:

“Mafkura tushunchamiz bir xil. Kipr turklarining kurashi bizning o‘z kurashimizdir. Kecha qanday bo‘lsa bugun ham, ertaga ham bor kuchimiz bilan ShKTRning yonida bo‘lamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

ShKTR Prezidenti Ersin Tatar, “Kathimerini” gazetasiga bergan bayonotida, “Turkiya yirik davlatdir. Kiprning kafili, ona vatanidir”. - degandi.



Aloqador xabarlar