Akar: Tarixning siyosiy bayonotlar orqali takror yozilmasligini hamma bilishi kerak

Hulusi Akar ijtimoiy tarmoq Twitter hisobi orqali Baydenning 1915 - yilgi voqealar haqidagi bayonotiga e’tiroz bildirdi

1628672
Akar: Tarixning siyosiy bayonotlar orqali takror yozilmasligini hamma bilishi kerak

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat rahbari Jo Baydenning 1915 - yilgi voqealarni “qatliom” deb baholashini, tarixiy haqiqatlarni inkor etishdan boshqa ma’nosi yo‘qligini qayd etdi.

Hulusi Akar ijtimoiy tarmoq Twitter hisobi orqali Baydenning 1915 - yilgi voqealar haqidagi bayonotiga e’tiroz bildirdi.

AQSh Davlat rahbarining 1915 - yilgi voqealari haqidagi “qatliom” ifodasining tarixiy haqiqatlarni inkor etishdan boshqa ma’nosi yo‘qligini ta’kidlagan Akar, bu ifodani tilga olganlarning dunyo va o‘z tarixiga e’tibor berishlari kerakligini bildirdi.

Akar, AQSh yetakchiligi bayonotining asossiz ekanini ifoda etgan holda,

Arman xalqining vakili ham bo‘lmagan lobbilar rahbarligida qabul qilingan bu qarorning hech qanday aqliy va ahloqiy izohi ham yo‘qligini ifoda etdi.

Hulusi Akar bu haqida shuningdek:

“Tarixning bunday siyosiy bayonotlar orqali takror yozilmasligini hamma bilishi kerak. Tarixdan dushman yaratish qabul qilinmay turgan darajada noto‘g‘ri va befoydadir. Tarixiy voqealar hisob - kitob qilish va to‘qnashuv vositasi olaroq foydalanilmasligi va siyosiylashtirilmasligi lozim. Bunday muhitning paydo bo‘lishi Turkiya - Armaniston va turk - arman munosabatlari bosh bo‘lish bilan birga mintaqa tinchligiga salbiy tusda ta’sir qiladi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Hulusi Akar, yuz yillardan beri birgalikda ishonch va farovonlik ichida yashagan va yashash irodasiga ega ekani Amerika hujjatlarida ham aniq keltirilgan turk - arman xalqlari o‘rtasida bir vaqtlar yuz bergan voqealarni “qatliom” deb baholashning g‘aflat, jaholat va kelajakni yo‘q qilish bilan tengligini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar