Mavlud Chavusho‘g‘li:"Biz mutlaq populizmga asoslangan bayonotni butunlay rad etamiz"
Turkiya AQSh prezidenti Jo Baydenning Usmoniylar imperiyasida sodir bo‘lgan 1915 yil voqealarini "armanlar genotsidi" deb ataganligini qoraladi.
Turkiya AQSh prezidenti Jo Baydenning Usmoniylar imperiyasida sodir bo‘lgan 1915 yil voqealarini "armanlar genotsidi" deb ataganligini qoraladi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Anqara Baydenning bu bayonotini to‘laligicha inkor etishini ma'lum qildi.
"So‘zlar tarixni o‘zgartira olmaydi yoki qayta yoza olmaydi. Bizning o‘tmishimiz to‘g‘risida kimlardandir o‘rganadigan narsamiz yo‘q. Siyosiy opportunizm – tinchlik va adolatga eng katta xiyonat. Biz mutlaq populizmga asoslangan bu bayonotni butunlay rad etamiz",– deb yozdi Mavlud Chavusho‘g‘li twitterdagi sahifasida.
Ma'lumot uchun: AQSh prezidenti Jo Bayden Usmoniylar imperiyasida sodir bo‘lgan 1915 yil voqealarni "armanlar genotsidi" deb atadi.
Baydendan avvalgi AQSh prezidentlari ushbu terminni ishlatishdan uzoq turishgan edi.
"Har yili shu kunda biz Usmoniylar imperiyasi davrida armanlar genotsidi oqibatida halok bo‘lgan barchani xotirlaymiz va bunday yovuz ishlar takrorlanishining oldini olish majburiyatini olamiz",- dedi AQSh prezidenti ushbu voqea qurbonlarini xotirlash marosimida so'zlagan nutqida.
Aloqador xabarlar
Prezident Erdoʻgʻan al – Nahyonga hamdardlik bildirdi
Prezident Erdoʻgʻan bilan Muhammad bin Zoid al - Nahyon telefon orqali muloqot qildi.