Erdo‘g‘an: “18 yilda Turkiya o‘rmoni 20.8 million gektardan 23 million gektarga chiqdi”.

Prezident Erdo‘g‘an Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) mezbonligida dunyoning 40 davlati rahbari ishtirokida online tarzda uyushtirilgan Iqlim o‘zgarishi haqidagi sammitda ishtirok etdi.

1626783
Erdo‘g‘an: “18 yilda Turkiya o‘rmoni 20.8 million gektardan 23 million gektarga chiqdi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Yashil o‘zgarish bosh bo‘lish bilan birga boshqa sohalarda global tartibda strategik hamkorlikning tashkil etilishi alohida ahamiyatga egadir”. - dedi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) mezbonligida dunyoning 40 davlati rahbari ishtirokida online tarzda uyushtirilgan Iqlim o‘zgarishi haqidagi sammitda ishtirok etgan Prezident Erdo‘g‘an,

"Bizning hissamiz to‘g‘risidagi bayonotga ko‘ra 2012 - 2030 yillar oralig‘ida 1 milliard 920 million tonna issiqxona gazlari chiqindilarining oldi olinadi." - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Erdo‘g‘an oxirgi 18 yilda Turkiya o‘rmonining 20.8 million gektardan 23 million gektarga chiqqanini ma’lum qildi.

“Chiqindilarni yo‘q qilish loyihasi orqali chiqindilarning qayta ishlash nisbatini 2035 - yili 60 foizga olib chiqamiz”. - degan Prezident Erdo‘g‘an quyidagilarni qayd etdi:

"Issiqxona gazlari chiqindilari bo‘yicha tarixiy javobgarligi deyarli bo‘lmagan Turkiya, global iqlim rejimida adolatli ravishda baholanishi kerak.

Yashil o‘zgarish bosh bo‘lish bilan birga boshqa sohalarda global tartibda strategik hamkorlikning tashkil etilishi alohida ahamiyatga egadir”.

Erdo‘g‘an:

“Shunga o‘xshash iqtisodiy saviyadagi mamlakatlar bilan bir xil sharoitda bo‘lish sharti bilan global iqlim harakatiga hissa qo‘shishni davom etamiz”. - dedi.



Aloqador xabarlar