MMV: “2021 - yilning 1 - yanvaridan bugungacha 836 nafar terrorist yo‘q qilindi”.

TQKning terrorizmga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1625582
MMV: “2021 - yilning 1 - yanvaridan bugungacha 836 nafar terrorist yo‘q qilindi”.

Milliy Mudofaa vazirligi 2021 - yilning 1 - yanvaridan bugungacha yo‘lga qo‘yilgan amaliyotlar orqali 836 terroristning yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Qahramon Turk Qurolli kuchlarimiz terrorizmga qarshi kurash faoliyatini samarali va qarorli ravishda davom ettirmoqda. 2021 - yilning 1 - yanvaridan bugungacha yo‘lga qo‘yilgan amaliyotlar orqali 836 terrorist yo‘q qilindi”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Shuningdek Suriyada “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqaga ig‘vogar tusda o‘q uzgan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 4 terrorist, qo‘mandonlar tomonidan yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi bu haqida:

“Qahramon qo‘mondanlarimiz terroristlarga imkon bermaydi. Tinch va xavfsiz muhitni buzish uchun Tinchlik bulog‘i amaliyoti olib borilgan mintaqaga ig‘vogar tusda o‘q uzgan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo yana 4 terrorist qahramon qo‘mondonlarimiz tomonidan yo‘q qilindi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  



Aloqador xabarlar