Mavlud Chavusho’g’li Chad Respublikasiga hamdardlik bildirdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Chad Respublikasi prezidenti Idris Debi Itnoning bevaqt o’limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

1625196

Mavlud Chavusho’g’li twitter orqali afsuski, Chad Respublikasi prezidenti Idris Debi Itno isyonchilarga qarshi jang vaqtida olgan tan jarohati tufayli 68 yoshida vafot etganligidan boxabar bo’lganligini yozdi.

“Hukumatga qarshi sodir etilgan hujumni qoralaymiz. Marhumni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Do’st va qardosh Chad hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya izxor etamiz”,-deb hamdardlik bildiradi Turkiya TIV rahbari.

Ma’lumotga ko’ra, Chad Respublikasini 1990 yildan buyon boshqarib kelayotgan prezident Idris Debi Itno isyonchilarga qarshi jang vaqtida olgan tan jarohati tufayli kecha 68 yoshida vafot etdi. 

U aprel oyida o’tkazilgan prezident saylovlarida takror nomzodini qo’ygandi va 19 aprel kuni saylovda g’olib bo’lganligini e’lon qilgandi. U saylovlarda 79 foiz olgan olgandi. Ushbu g‘alaba unga yana olti yil davomida hokimiyatda qolish imkonini bergandi.

Aloqador xabarlar