Turkiya ShKTRga yana 40 ming doza Sinovach vaksinasi yubordi

Turkiya Covid-19 ga qarshi kurash doirasida ShKTRga yana 40 ming doza Sinovach vaksinasi yubordi.

1624593
Turkiya ShKTRga yana 40 ming doza Sinovach vaksinasi yubordi

Turkiya yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurash doirasida Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga (ShKTR) yana 40 ming doza Sinovach vaksinasi yubordi.

Shu bilan Turkiya tomonidan ShKTRga yuborilgan vaksinalar miqdori 140 mingga yetdi.  

ShKTR Bosh vaziri Ersin Tatar Twitter hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida,

“Covid - 19 pandemiyasiga qarshi kurashimizni siz xalqimiz va Turkiyaning qo‘llab - quvvatlashi bilan samarali ravishda davom etyapmiz. Bugun kechasi yurtimizga ona vatan Turkiyadan yana 40 ming Sinovach vaksinasi keladi. Ona vatan Turkiyamizga chin qalbimizdan minnatdorchilik bildiramiz. Iltimos, qoidalarga va cheklovlarga amal qilaylik”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #ShKTR , #Sinovach

Aloqador xabarlar