TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

TQKning terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda hamuzluksiz davom etmoqda.

1624032
TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Iroqning shimolida joylashgan Metina mintaqaida PKK terror tashkilotiga a’zo 9 terrorist havo amaliyoti orqali yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan Twitter hisobi orqali berilgan bayonotida,

“Terroristlarning inlarini yer bilan yakson qilishni davom etyapmiz. Iroqning shimoli Metina mintaqasida kashfiyot va nazorat qilish faoliyatlari orqali aniqlangan 9 nafar PKK terror tashkiloti a’zosi terrorist, Harbiy - havo kuchlarimizning muvaffaqiyatli havo amaliyoti orqali yo‘q qilindi. Amaliyotlarimiz qarorlilik bilan davom etadi”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Shuningdek Bitlisning Tatvan tumanida PKK/ KJK terror tashkilotiga qarshi yo‘lga qo‘yilgan amaliyotda bir omborxonadan 500 gram TNT qoliplari va ro‘zg‘or buyumlari topildi.

Shahar hokimligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Tatvan bosh prokuraturasi buyrug‘i bilan isbot mazmunidagi ashyolar saqlab qo‘yilib qolganlari esa o‘z o‘rnida yo‘q qilingan.

Omborxona esa foydalanishdan chiqarilgan.



Aloqador xabarlar