Turkiyada 20 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

Ma’lumotga ko’ra, vaksinaning birinchi dozasini qabul qilganlar soni 12 mln 208 ming 242 nafarni tashkil qiladi. Ikkinchi dozasini qabul qilganlar soni esa 7 mln 793 ming 889 nafarga yetdi.

1623954
Turkiyada 20 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

 

Turkiyada koronavirusga qarshi emlash jarayoni jadallik bilan olib borilmoqda. Shu kungacha 20 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi.

Bu haqda Turkiya sog’liqni saqlash vazirligining rasmiy sahifasida https://covid19asi.saglik.gov.tr ma’lum qilingan. Ma’lumotga ko’ra, vaksinaning birinchi dozasini qabul qilganlar soni 12 mln 208 ming 242 nafarni tashkil qiladi. Ikkinchi dozasini qabul qilganlar soni esa 7 mln 793 ming 889 nafarga yetdi.

Natijada, mamlakat miqyosida koronavirusga qarshi emlanganlarning umumiy soni 20 mln 2 ming 131 nafarni tashkil qilmoqda.

Yirik shaharlarda vaksina qabul qilganlar soni quyidagicha;

Istanbulda 3 mln 175 ming 5 kishi;

Anqarada 1 mln 599 ming 907 kishi;

Izmirda 1 mln 355 ming 164 kishi.

 



Aloqador xabarlar