Turkiya Misr hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

“Halokat oqibatida hayotdan ko’z yumganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Shu munosabat bilan do’st va qardosh Misr hukumati va xalqiga, halok bo’lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.

1623817
Turkiya Misr hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Misrda ro’y bergan poyezd halokatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Misr hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

Bayonotda, Misrning Qalubiya viloyatiga qarashli Tux tumanida 16 kishining hayotiga zomin bo’lgan poyezd halokati ro’y berganidan boxabar bo’lingani qayd etilgan.

“Halokat oqibatida hayotdan ko’z yumganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Shu munosabat bilan do’st va qardosh Misr hukumati va xalqiga, halok bo’lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #poyezd halokati , #Misr , #Turkiya

Aloqador xabarlar