Prezident Erdo‘g‘an: “Tashqi Ishlar vazirimiz, Dendiasning haddini bildirdi”.

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda jurnalistlarga bayonot berdi.

1622765
Prezident Erdo‘g‘an: “Tashqi Ishlar vazirimiz, Dendiasning haddini bildirdi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luning Yunoniston Tashqi Ishlar vaziri Nikos Dendiasning ayblovlariga bergan javobini, “Tashqi Ishlar vazirimiz Dendiasning bu munosabatlariga qarshi haddini bildirdi. Yana - da yumshoq ham bo‘lolmasdi”. - degan so‘zlar bilan baholadi

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda jurnalistlarga bayonot berdi.

Nikos Dendiasning kecha Chavusho‘g‘lu bilan uyushtirgan matbuot anjumanida aytgan gaplariga qarshi Erdo‘g‘an:

“Dendias bilan Tashqi Ishlar vazirimizning uchrashuvida afsuski ishlar boshqa tomonga burildi. Tashqi Ishlar vazirimiz Dendiasning bu munosabatlariga qarshi haddini bildirdi. Yana - da yumshoq bo‘lolmasdi ham lekin bizning millatimiz, davlatimizga yarashmasdi. Kerakli baholashlar ortidan ishni tamomladilar”. - deya gapirdi.

Dendiasning munosabatlarini noto‘g‘ri deb topganini ifoda etgan Erdo‘g‘an,

“(Dendiasni qabulda) Turkiya bilan Yunoniston o‘rtasida moslashuv jarayoni bo‘lsin va boshqasini aralashtirmaylik deb o‘ziga ham aytdim”. - dedi.

Yunon hukumatining G‘arbiy Frakiyada Bosh muftiyni haligacha o‘zi tayin qilganiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an,

“U yerdagi Bosh muftiyni tayin qilishga haqqingiz (1923) Lozannaga (shartnoma) ko‘ra yo‘q. Biz (yurtimizda) patriarxni saylamayapmiz. Yunonistondagi muftiylarimiz, imomlarimizni o‘z xodimidek, o‘zining diniy xodimidek saylashga urinmoqda. Bular avvalom bor xalqaro huquq qoidalari talabiga javob bermaydi. O‘rtamizdagi munosabatlarga putur yetishiga ham yo‘l ochmoqda. Faqat hech qanday natija ololmadik. Bundan buyon olamiz deb umid qildik lekin ularda bunday ishora yo‘q”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Eslatib oгрекtamiz Chavusho‘g‘lu kecha poytaxt Anqarada bo‘lgan yunon kasbdoshi Nikos Dendias bilan uyushtirgan matbuot anjumanida, asossiz ayblovlar qo‘ygan mehmon vazirga, “Birinchi uchrashuvning yana - da ijobiy tusda o‘tishidan umidvor edik lekin Nikos Dendias o‘z nutqida afsuski yurtimga qarshi qabul qilinmay turgan darajada noto‘g‘ri ayblovlar qo‘ydi. Avvalom bor Turkiyaning Yunonistonning mustaqillik haqlarini poymol qilganini iddio etdi. Buni qabul qilishimiz imkonsiz. Turkiya Respublikasi, ham o‘z haqlarini ham da Sharqiy O‘rta yer dengizida va Kiprda turk haqqini himoya qilishga qodir va biz tashlagan qadamlar ham haq - huquqimizni himoya qilish asosidadir. Bu yerga kelib Turkiyani ayblasangiz, men ham bularga javob berishga majbur bo‘laman. Qolaversa biz Turkiyada yunon pravoslav ozchilikni yunon pravoslav olaroq qabul qilyapmiz lekin sizning, “Men turkman” degan turklarga, “Yo‘q, sen turk emas faqatgina musulmonsan” deyishingiz na insoniy, na xalqaro huquq talabiga javob beradi”. - degan jumlalar ile javob bergandi.

 



Aloqador xabarlar