Hulusi Akar Abdulhamid Dibayba bilan uchrashdi

Hulusi Akar Liviya Milliy birlik hukumati Bosh vaziri, ayni vaqtda Mudofaa vazirligi vazifasini ham o‘z zimmasiga olgan Abdulhamid Dibayba bilan uchrashdi.

1620170
Hulusi Akar Abdulhamid Dibayba bilan uchrashdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Liviya Milliy birlik hukumati Bosh vaziri, ayni vaqtda Mudofaa vazirligi vazifasini ham o‘z zimmasiga olgan Abdulhamid Dibayba bilan uchrashdi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Hulusi Akar, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Turkiya va Liviya o‘rtasidagi Oliy darajali Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi uchun Anqaraga tashrif uyushtirgan Abdulhamid Dibayda bilan kecha uchrashuv o‘tkazgan.

Liviyadagi oxirgi vaziyat haqida fikr almashilgan ushbu uchrashuvda Hulusi Akar Turkiyaning, hududiy yaxlitligi va siyosiy birligini ta’minlagan, tinchlik va barqarorlik ichida umr surgan Liviyaning yaratilishiga hissa qo‘shish niyatida ekanini qayd etgan.

Turkiyaning liviyalik qardoshlariga bergan harbiy va xavfsizlik tarmog‘idagi o‘quv ta’lim va maslahatchilik yordamini davom ettirishini ifoda etgan Akar, barqaror va mustaqil Liviyani qo‘llab - quvvatlashlarini ham o‘z so‘ziga ilova etgan.


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Liviya , #Abdulhamid Dibayba

Aloqador xabarlar