Anqarada Turkiya, Liviya va Malta tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo’lib o’tdi

Kecha, 12-aprel kuni Anqarada Mavlud Chavusho’g’li Liviya milliy kelishuv hukumatining tashqi ishlar vaziri Nejla al-Mengush va Malta tashqi ishlar vaziri Evarist Bartolo bilan uchrashdi.

1620133
Anqarada Turkiya, Liviya va Malta tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo’lib o’tdi

 

Kecha, 12-aprel kuni Anqarada Turkiya, Liviya va Malta tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’lining twitterdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Ma’lumotga ko’ra, Mavlud Chavusho’g’li Liviya milliy kelishuv hukumatining tashqi ishlar vaziri Nejla al-Mengush va Malta tashqi ishlar vaziri Evarist Bartolo bilan uchrashdi.

Mavlud Chavusho’g’li uchrashuvda Turkiya Liviyani qo’llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.

“Ushbu tarixiy jarayonda Liviyada tinchlik va barqarorlik o’rnatish, shuningdek, mamlakatni qayta tiklash faoliyatlari yo’lida yordamimiz davom etadi. Ayni vaqtda, tartibsiz migratsiyaga qarshi kurash, O’rta yer dengizida tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha hamkorligimiz davom etadi”,-dedi Mavlud Chavusho’g’li.


Tanlangan kalimalar: #Liviya , #Malta , #Turkiya

Aloqador xabarlar