Mavlud Chavusho’g’li AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan muloqot qildi

Muloqotda Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha afg‘onlararo muzokaralarning bugungi holati, bu jarayonda amalga oshiriladigan Istanbul konferensiyasi, Suriya va Yaqin sharqdagi vaziyat muhokama qilindi.

1620088
Mavlud Chavusho’g’li AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, tomonlar muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, tomonlarning xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha afg‘onlararo muzokaralarning bugungi holati, bu jarayonda amalga oshiriladigan Istanbul konferensiyasi, Suriya va Yaqin sharqdagi vaziyat muhokama qilindi.

Blinken Turkiyaning Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Tomonlar AQSh-Turkiya hamkorligini yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdilar.

Suhbat ochiq, konstruktiv va do’stona ruhda bo’lib o’tdi.



Aloqador xabarlar