Mavlud Chavusho’g’li Kanada tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, muloqotda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

1619956
Mavlud Chavusho’g’li Kanada tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Kanada tashqi ishlar vaziri Mark Garneau bilan telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, muloqotda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Ayni vaqtda, Turkiyaga nisbatan mudofaa sanoati bo’yicha cheklovlarga Kanadaning munosabatidan bezovta ekanligi qayd etilib, bu masalani ko’zdan kechirish talab qilindi.

“Janob tashqi ishlar vazirimiz­ Mavlud Chavusho’g’li Kanada tashqi ishlar vaziri Mark Garneau bilan muloqot qildi. Suhbat chog’ida ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilindi. Turkiyaga nisbatan mudofaa sanoati bo’yicha cheklovlarga Kanadaning munosabatidan bezovta ekanligi qayd etilib, bu masalani ko’zdan kechirish talab qilindi”,-deyiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Kanada tashqi ishlar vaziri Mark Garneau esa o’z navbatida, “Turkiya NATOning muhim ittifoqdoshi va NATO hamkorlik dasturlari bo’yicha murojaatlar vaziyatga qarab muhokama qilinadi”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #Kanada , #Turkiya

Aloqador xabarlar