Erdo'g'an:"Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini qat’iyan tan olmaymiz"

Kecha, 10-aprel kuni Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy boshchiligida hay'atlararo muzokaralar bo'lib o'tdi. Istanbuldagi Huber saroyida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunlari bo'yicha bayonot e'lon qilindi.

1618873
Erdo'g'an:"Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini qat’iyan tan olmaymiz"

 

Bayonotda Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralari tarkibida hududiy yaxlitligi va suverenitetining qat'iyan himoya qilinishi, Qrim Avtonom Respublikasi va Sivastopol shahri bilan Donetsk hamda Lugansk viloyatlarining ishg'oldan ozod qilinishi, Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari ichida hududiy yaxlitligini qayta ta'minlash maqsadida tashabbus ko'rsatish uchun koordinatsiyani yo'lga qo'yish qarorlashtirildi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiya Qrimni Rossiyaning bir bo'lagi deb tan olmoqchi emasligini ma'lum qildi. Prezident shuningdek, Qrimning Rossiya tomonidan qo'shib olinishiga qat'iyan qarshi ekanligini qayd etdi.

“Biz, shuningdek, Ukrainaning hududiy yaxlitligini va Turkiya suverenitetini qat’iyan himoya qilamiz. Biz Qrimning bosib olinishini tan olmaslik bo‘yicha qat’iy qarorimizni yana bir marta tasdiqladik”,-dedi Turkiya prezidenti.

Bayonotga ko'ra, Qrimning Rossiya Federatsiyasi tomonidan qonunga hilof ravishda ishg'ol qilinganligini muhokama qilish maqsadida yangi format sifatida - "Qrim platformasi"ni tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilindi.

"Anqara Kiyevning yarim orolning hududiy tegishliligi muammosi atrofiga xalqaro hamjamiyatni jalb qilish bo‘yicha loyihasi — “Qrim platformasi”ni qo‘llab-quvvatlaydi. “Umid qilamizki, bu tashabbus Ukraina va Qrimning barcha xalqlari, shu jumladan, Qrim tatarlari uchun ijobiy natijalarni olib keladi”,-deya ta’kidladi Turkiya prezidenti.

Bundan tashqari, ishg'ol ostidagi Qrim  va Sivastopol shahrida inson hududlarini himoya qilish hamda qonunga hilof ravishda qo'lga olingan Qrim tatarlari va barcha Ukraina vatandoshlarini ozod qilish maqsadida xalqaro maydonda sa'y-harakatlarni olib borishga qaror qilindi.

Shuningdek, Ukrainaning NATOga a'zoligiga e'tibor qaratilgan bayonotda, NATO va boshqa ko'p tomonlama mexanizmlar vositasida Qora dengizda tinchlik, xotirjamlik va hamkorlikni mustahkamlashtirishga kelishib olinganligi qayd etildi.

Erdo'g'an Anqara va Kiyevning ikki tomonlama aloqalari Qora dengizning “tinchlik, xotirjamlik va hamkorlik dengizi” bo‘lib qolishiga qaratilgan. Bundan tashqari, Erdo‘g‘an Minsk kelishuvini Donbassdagi nizolarni bostirish usuli sifatida qo‘llab-quvvatladi.

“Biz Sharqiy Ukrainadagi vaziyat yuzasidan fikr almashdik. Mavjud inqirozni siyosiy, diplomatik yo‘l bilan va xalqaro huquq doirasida hal qilish mumkinligiga ishonamiz”,-dedi Turkiya prezidenti.

Ayni vaqtda, Erdo‘g‘an Turkiya va Ukraina hamkorligi boshqa mamlakatlarga qarshi qaratilmaganini alohida ta'kidlab o'tdi.

 



Aloqador xabarlar