Istanbulda Turkiya va Ukraina prezidentlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti ma'lum qilishicha, uchrashuv Huber saroyida bo‘lib o‘tgan. Tomonlar Turkiya-Ukraina o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

1618862
Istanbulda Turkiya va Ukraina prezidentlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Kecha, 10-aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti ma'lum qilishicha, uchrashuv Huber saroyida bo‘lib o‘tgan. Tomonlar Turkiya-Ukraina o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek strategik hamkorlik darajasini qayta ko'zdan kechirdi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar bo'yicha fikr almashildi.

Zelenskiy Istanbulga Turkiya va Ukraina o‘rtasidagi yuqori darajali strategik kengash yig‘ilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar