Prezident Erdo‘g‘an IHT tarkibidagi davlatlarni muhojirlarga yordam berishga chaqirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an online tarzda uyushtirilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi (o‘ninchi) sammitida ishtirok etdi.

1617480
Prezident Erdo‘g‘an IHT tarkibidagi davlatlarni muhojirlarga yordam berishga chaqirdi

Prezident Erdo‘g‘an, Islomiy moliya institutlarining likvidlik ehtiyojlari bilan Musulmon geografiyasining infratuzilmani moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlariga bir vaqtning o‘zida javob bera oladigan Islomiy Megabank g‘oyasini qo‘llash mumkinligini qayd etdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an online tarzda uyushtirilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) navbatdagi (o‘ninchi) sammitida ishtirok etdi.

Bugungi sammitda qariyb 4 yildan beri davom etgan davriy rahbarlik vazifasini Bangladeshga topshirishlarini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“Tashkilotimiz kotibligini Istanbulda yuritdik va asos solingan cho‘rak asrdan beri o‘z yo‘lini shaxdam qadamlar ila davom ettirdi”. - dedi.  

Oxirgi bir yildan beri butun dunyoni qurshab olgan yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurashda ilk kundan beri xalqaro hamkorlikning ahamiyati va ehtiyojiga e’tibor qaratganliklarini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“Turkiya sifatida inson ustida sinab ko‘rilgan mahalliy vaksinalarimizni, ‘hechkimni yakkalamay’ degan prinsip asosida barchaganing xizmatiga taqdim etamiz”. - deya gapirdi.

Turkiya olaroq Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tarkibidagi davlatlar o‘rtasidagi savdoni qulaylashtirish uchun bir strategiya hujjati tayyorlab, mamlakatlarga yuborganliklarini ifoda etgan Erdo‘g‘an,

“Islomiy moliya institutlarining likvidlik ehtiyojlari bilan Musulmon geografiyasining infratuzilmani moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlariga bir vaqtning o‘zida javob bera oladigan online platformaga tayangan Islomiy Megabank g‘oyasini qo‘llash mumkinligiga ishonchimiz komil”. - dedi.

Erdo‘g‘an,

“Mamlakatlarimizni ayirboshlash bilan bog‘liq xatarlardan himoya qilish uchun asosiy e’tiborni mahalliy valyuta bilan savdo - sotiqqa yo‘naltirishimiz zarur. Shu nuqtai nazardan, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti kliring banki uchun bu yo‘nalishda o‘z ishini tezlashtirish foydalidir”. - deya gapirdi.

Erdo‘g‘an zulum va qashshoqlikka qarshi kurashgan falastinlik, arakanlik, yamanlik, suriyalik muhojirlarga ham yordam berishga harakat qilishlari kerakligini ta’kdiladi.



Aloqador xabarlar