Chavusho‘g‘lu YI hay’atining protokol talablarining bajarilganini qayd etdi

Chavusho‘g‘lu Quvayt Tashqi Ishlar vaziri Shayx Ahmad Nosir Muhammad as - Saboh bilan poytaxt Anqarada mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1617265
Chavusho‘g‘lu YI hay’atining protokol talablarining bajarilganini qayd etdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Yevropa ittifoqi hay’atining Turkiyaga bo‘lgan tashriflari chog‘ida yo‘lga qo‘yilgan protokolda Yevropa ittifoqi tomonining talablari bajarilganini qayd etdi.

Chavusho‘g‘lu Quvayt Tashqi Ishlar vaziri Shayx Ahmad Nosir Muhammad as - Saboh bilan poytaxt Anqarada mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Chavusho‘g‘lu ushbu anjuman chog‘ida Yevropa ittifoqi kengashi rahbari Charles Michel bilan ittifoqning komissiya rahbari Ursula von der Leyenning 6 - apreldagi Turkiya tashrifi va protokoli ustidan paydo bo‘lgan bahslar haqidagi savollarga javob berdi.  

Tarixi qadimga borib qadalgan Turkiyaning birinchi marotaba mehmon kuzatgani yo‘qligini yodga solgan Chavusho‘g‘lu, Turkiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda yo‘lga qo‘yilgan protokolning xalqaro protokol qoidalari va Turk mehmondo‘stligi asosida ekanini ta’kidladi.

Turkiyaga qaratilgan nohaq ayblovlar borligiga e’tibor qaratgan Chavusho‘g‘lu,

“Har bir tashrif chog‘ida oldindan prokolchilar uchrashib, tartib - qoida masalasini qo‘lga oladilar. Protokolda Yevropa ittifoqi tomonining bu yerdagi talablariga javob berildi. Yevropa ittifoqi tomonining taklifi asosida bunday o‘tirish tartibi yo‘lga qo‘yildi. Nuqta”. - deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar