Mavlud Chavusho’g’li Quvayt tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati hamda istiqbollarini muhokama qildilar.

1617363
Mavlud Chavusho’g’li Quvayt tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

Bugun, 8-aprel kuni Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li mamlakatga tashrif buyurgan Quvayt tashqi ishlar vaziri Ahmad Nosir Muhammad as-Sabah bilan uchrashuv o’tkazdi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati hamda istiqbollarini muhokama qildilar.

Muzokaralarda ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro munosabatlariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, mintaqaviy dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashildi.

O‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan mintaqalararo transport-logistika loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlar shuningdek, Turkiya-Quvayt hamkorlik qo’mitasi yig’ilishiga raislik qildi. Yig’ilishdan so’ng qo’shma matbuot anjumanida ishtirok etdilar.

“Mintaqaviy masalalar bo’yicha hamfikr ekanimizdan bahtiyorman. Ikki mamlakatning ham mintaqada asosiy maqsadi tinchlik, barqarorlik, farovonlik o’rnatish va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashdir”,-dedi Mavlud Chavusho’g’li.

Vazirning ta’kidlashicha, Quvaytning mintaqaviy masalalarda zimmasiga olgan o’rtamchilik ro’li taqdirga loyiq. Turkiya Quvaytni ushbu mas’uliyatli ro’lini ado etishda to’liq qo’llab-quvvatlaydi.

Quvayt tashqi ishlar vaziri esa, Turkiya va Quvayt o’rtasidagi munosabatlar keng ko’lamli strategik ahamiyatga ega ekanligini va o’zaro ziyoratlar davom etishi kerakligini ta’kidlab, ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istagini tilga oldi.

Oliy mertabali mehmon shuningdek, Ko’rfaz inqirozini hal qilishda ko’rsatgan yordamlari uchun do’st davlat Turkiyaga cheksiz minnatdorlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #Turkiya , #Quvayt

Aloqador xabarlar