Erdo‘g‘an: “Pandemiyaga qarshi kurashni milliy masala sifatida qabul qilyapmiz”.

Prezident Erdo‘g‘an yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurashni siyosatdan afzal milliy masala sifatida qabul qilganliklarini qayd etdi.

1616712
Erdo‘g‘an: “Pandemiyaga qarshi kurashni milliy masala sifatida qabul qilyapmiz”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurashni siyosatdan afzal milliy masala sifatida qabul qilganliklarini qayd etdi.

Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi (Ak partiya) raisi Erdo‘g‘an partiyasining bugungi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida,  

“Biz pandemiyaga qarshi kurashni siyosatdan afzal, 84 millionning hammasining sog‘lik - salomatligini qiziqtirgan milliy masala sifatida qabul qilyapmiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Erdo‘g‘an unda shuningdek, Turkiyani rivojlantirish va kuchiga - kuch qo‘shish kurashining davom etganiga e’tibor qaratgan holda,

“Bir tomondan chegaramizda va chegaramizdan tashqarida terror tashkiloti va to‘ntarishchilarga qarshi keng ko‘lamli kurash olib borar ekanmiz ikkinchi tomondan esa yurtimizni rivojlantirish va kuchiga - kuch qo‘shish uchun kurash olib bormoqdamiz”. - dedi.

O‘z nutqida, Turkiyaning eng yirik va eng strategik infratuzilma loyihasi sifatida baholangan Kanal Istanbul ustidan kerakli tayyorgarliklarning yirik qismining tamomlanganini ifoda etgan Erdo‘g‘an,

“Loyihaning atrof - muhitga ta’siri masalasi to‘g‘risidagi hisoboti, 56 muassasa va tashkilotning 200 nafardan ortiq olimi, ommaviy axborot vositasi xodimi va fuqaro ishtirokida tamomlandi. Xudo xohlasa yoz oylarida tamal toshi qo‘yiladi”. - dedi.



Aloqador xabarlar