Mavlud Chavusho’g’li BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi rahbari Volkan Bo'zkir bilan uchrashdi

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi rahbari Volkan Bo'zkir bilan uchrashdik. Pandemiyaning salbiy oqibatlariga qaramay, Bosh Assambleya faoliyatlari Volkan Bo’zkir yetakchiligida samarali davom etmoqda”,-dedi Chavusho'g'li.

1616166
Mavlud Chavusho’g’li BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi rahbari Volkan Bo'zkir bilan uchrashdi
Volkan Bozkır-Mevlüt Çavuşoğlu-1.jpg

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha, 6 aprel kuni Turkiyaga rasmiy ziyorat amalga oshirgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi rahbari Volkan Bo'zkir bilan uchrashdi.

Mavlud Chavusho’g’li tashqi ishlar vazirligi qarorgohida bo’lib o’tgan uchrashuv haqida twitterda ma’lum qildi.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi rahbari Volkan Bo'zkir bilan uchrashdik. Pandemiyaning salbiy oqibatlariga qaramay, Bosh Assambleya faoliyatlari Volkan Bo’zkir yetakchiligida samarali davom etmoqda”,-dedi Mavlud Chavusho’g’li twitterdagi sahifasida.

Turkiya Volkan Bo’zkirni to’liq qo’llab-quvvatlashda davom etishini tilga olgan Mavlud Chavusho’g’li, uning hissasi bilan Istanbulni BMT markaziga aylantirish istagini ma’lum qildi.

Volkan Bo’zkir Mavlud Chavusho’g’lining taklifiga binoan amalga oshirgan tashrifi doirasida, avvalo Anitkabirni ziyorat qildi.

Volkan Bo’zkir boshchiligidagi delegatsiya vakillari Otaturk mavzoleyiga gulchambar qo’ydi va uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. So’ngra, Volkan Bo’zkir Anitkabir xotira daftariga o’z tassurotlarini yozib imzo chekdi.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida rahbarlik vazifasini egallagan birinchi Turkiya Respublikasi vatandoshi bo’lganimdan va Birlashgan Millatlar Tashkilotining oliy darajali qaror qabul qilish organini ayniqsa, tashkilotning 75 yilligida va pandemiyaning mashaqqatli sharoitida boshqarayotganimdan faxrlanaman. Bugungi kunda Turkiya bayrog’i Bosh Assambleya binosida Birlashgan Millatlar Tashkiloti bayrog’i bilan yonma-yon hilpirab turibdi. Aziz xotirangiz oldida cheksiz hurmat bilan ta’zim qilaman!”,-deb yozdi Volkan Bo’zkir Anitkabir xotira daftariga.

Volkan Bo’zkir 10 aprel kuni Suriyaga yordam qatorida tashkil etilgan BMT chegara orti gumanitar yordam faoliyatlarini ko’zdan kechirish maqsadida Hatayga tashrif buyurishi rejalangan.



Aloqador xabarlar